Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Rossiyaga gaz uchun qancha to‘lashini ochiqlay olmasligi, lekin milliy manfaatlar, bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, raqobatbardosh narxlar belgilanganini ta’kidladi.
2023-yil sentabrigacha O‘zbekistonda energetikani rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur taqdim etiladi. Unda gaz va elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish hamda ijtimoiy iste’mol normalarini joriy etish nazarda tutiladi, deya ma’lum qildi energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev.
O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev may oyida elektr energiyasi va gaz narxlarining erkinlashtirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu chora bir necha yildan beri kechiktirib kelinadi.
Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov energiya resurslari tariflarini liberallashtirish masalasi «kun tartibidagi masala» ekanligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bozor narxlariga o‘tishni Qozog‘istondagi vaziyat bilan taqqoslab bo‘lmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting